Xurshid POS

Restoran va kafelar uchun

Stol ochilishidan kun yakunigacha - bitta tizimda.

Buyurtma, chek, nasiya va hisobot. Kompyuterda, telefonda va Telegramda - hammasi bitta bazada.

Windows kassa Android ilova Telegram bot

Qaysi joyga xizmat ko'rsatasiz?

Joyni tanlang, so'ng stolni

Yangilash
JOYLAR25 BAND STOLLAR0 BO'SH STOLLAR175
Bo'sh
Zal - 1

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
Bo'sh
Zal - 2

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
Bo'sh
Zal - 3

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
Bo'sh
Katta zal

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
Bo'sh
To'y zali

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
Bo'sh
Banket zali

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
Bo'sh
Besedka - 3

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
Bo'sh
Besedka - 4

7 ta stol

7 bo'sh 0 band
MILLIY TAOMLAR
Far'ona viloyati,
Qo'qon shahar

3-STOL14:26

Osh70 000
Shashlik84 000
Choy8 000

Xizmat haqi18 000
JAMI180 000

Rahmat!

Bitta tizim

Uch qism, bitta baza

Telefonda yozilgan buyurtma kassada shu zahoti ko'rinadi. Kassada olingan pul Telegramdagi hisobotga tushadi.

Kassa dasturi

Kunlik ish shu yerda: stollar, menyu, chek, kassa smenasi va hisobotlar.

WINDOWS 10+ / 64 BIT

Mobil ilova

Ofitsiant stol yonida buyurtma oladi, pulini oladi va yopadi.

ANDROID 7.0+

Telegram bot

Kunlik tushum, ochiq buyurtmalar, nasiyalar va nazorat - o'zi yuboradi.

KUN YAKUNI AVTOMATIK

Kunlik tartib

Smena ochilishidan hisobotgacha

Xodim nima qiladi va tizim buni qanday yozib boradi.

01

Kassir smenani ochadi

Kassadagi boshlang'ich pul yoziladi. Shundan keyin har bir kirim va chiqim shu smenaga bog'lanadi.

02

Ofitsiant stolni ochadi

Stol o'sha ofitsiantga biriktiriladi - boshqasi uni ocholmaydi. Dostavka, olib ketish va tezkor savdo alohida rejimlarda.

03

Chek chiqadi, pul olinadi

Naqd, karta yoki nasiya. Nasiya bo'lsa mijoz ro'yxatga tushadi va qarzi o'zi yuritiladi.

04

Smena yopiladi, hisobot ketadi

Kassadagi haqiqiy pul kiritiladi, tizim kamomad yoki ortiqchani o'zi hisoblaydi. Kun yakuni Telegramga tushadi.

Imkoniyatlar

Restoran ishi uchun kerak bo'ladigan hammasi

Zallar va stollar

Bo'sh, band, oldindan band qilingan, hisob kutmoqda - holati rangi bilan ko'rinadi.

Menyu va kategoriyalar

Taom qo'shish, narx o'zgartirish, vaqtincha o'chirib qo'yish.

To'rt xil buyurtma

Stolda, yetkazib berish, olib ketish va tezkor savdo. Har birining o'z tartibi.

Chek chop etish

Logotip, sarlavha, manzil va izoh - o'zingiz sozlaysiz.

Kassa smenasi

Ochilish, yopilish, kirim-chiqim. Kamomad va ortiqcha o'zi hisoblanadi.

Nasiya

Kim qancha qarz, qachon to'lagan. To'liq yoki qisman qaytarish.

Hisobotlar

Sakkiz bo'lim, Excelga yuklab olish bilan. Bugundan bir oygacha.

Xodim ruxsatlari

Har bir rol qaysi bo'limni ko'rishini admin o'zi yoqib-o'chiradi.

Bir nechta kassa

Zalda, oshxonada va barda alohida kassa - har biri o'z kaliti bilan, hammasi bitta bazada.

Nazorat

Har bir harakat iz qoldiradi

Kassa dasturining eng muhim vazifasi - pulni hisobga olish. Shuning uchun o'zgartirilgan har bir narsa yozib boriladi.

Yopilgan chek tuzatilsa

Kim, qachon, qaysi taomni olib tashlagani va summa qanchaga o'zgargani jurnalga tushadi.

Bekor qilingan buyurtmalar

Alohida ro'yxatda turadi - kim bekor qilgani bilan.

Stol egasi

Ofitsiant boshqaning stolini ocholmaydi va pulini ololmaydi.

Kassa farqi

Smena yopilganda kamomad va ortiqcha o'zi hisoblanib, hisobotga tushadi.

Bog'lanish

Biz Bilan Bog'lanish

Nechta stol va nechta xodim borligini ayting - qanday ishlashini jonli ko'rsatamiz. O'rnatish va xodimlarni o'qitish bizdan.